Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Badavlat odamlar uchun eng jozibador shaharlar reytingi tuzildi

Badavlat odamlar uchun eng jozibador shaharlar reytingi tuzildi

Buyuk Britaniyaning Savills Plc ko‘chmas mulk brokeri boy odamlar uchun eng jozibali bo‘lgan dunyo megapolislarining yangi reytingini e’lon qildi. 2025 yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri London, Nyu-York va Singapurni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Mutaxassislar amirlikning moliyaviy, infratuzilma va hayotiy afzalliklarining uyg‘unligini ta’kidlaydi.

Savills ma’lumotlariga ko‘ra, top-10 ga quyidagi shaharlar kirgan:

- Dubay (BAA);

- Nyu-York (AQSh);

- Singapur;

- Honkong;

- Abu-Dabi (BAA);

- Monako;

- Los-Anjeles (AQSh);

- Mayami (AQSh);

- Aspen (AQSh);

- London (Buyuk Britaniya).

Reytingda soliq darajasi, ko‘chmas mulk qiymati va sifati, shaxsiy xavfsizlik darajasi, infratuzilma, shuningdek, shaharlarning biznes va migrasiya jozibadorligi hisobga olingan.

Tahlilchilarning fikricha, Dubayning yetakchiligi global boylik markazlarining Yaqin Sharq tomon siljishini aks ettiradi. Amirlik nafaqat sayyohlik va moliyaviy, balki jahon elitasini o‘ziga jalb qiluvchi uy-joy markaziga aylanmoqda.

Kiritildi: 23:58 07.11.2025. O'qildi: 6878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!