Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

BAAga vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin — O‘zbekiston TIV

BAAga vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin — O‘zbekiston TIV

Joriy yil 20 aprel kuni BAAning Dubay shahrida O‘zbekiston fuqarolaridan tashkil topgan ikki jinoiy guruh o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda mojaro pichoqbozlik bilan yakunlangani, natijada guruhlardan birining yetakchisi voqea joyida halok bo‘lgani aytiladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilishicha, BAAda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq holat yuzasidan diplomatlar Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

"BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi", deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Kiritildi: 18:52 25.04.2025. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!