Ilgari Istanbulda zilzila sodir bo‘lishini taxmin qilgan turkiyalik olim, professor Shener Ushyumezsoy, Marmara dengizida yaqin kelajakda yangi zilzila kutilmayotganini ma’lum qildi.
Professor Ushyumezsoy 20 kun avval televideniye dasturlaridan birida Istanbulda markazlari Qumburg‘oz va Silivri bo‘lgan zilzila yuz berishi mumkinligini aytgan edi: "Qumburg‘oz va Silivri hududlarida 6,0 - 6,5 ball kuchidagi zilzila sodir bo‘lishi mumkin."