Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari Dubay va Sharja aeroportlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Qaror xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingani aytilmoqda. Hozircha cheklovlarning qancha vaqt davom etishi va reyslar qachon tiklanishi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan.
Yo‘lovchilarga parvozlar holati bo‘yicha aviakompaniyalar va aeroport xizmatlarining rasmiy axborotlarini kuzatib borish tavsiya etilmoqda.