Prezident maslahatchisi o‘z nutqida Samarqand ko‘rgazmasi amaliy hamkorlikni shakllantirish, investisiyaviy jozibador ekologik loyihalarni ishlab chiqish, yangi qo‘shma tashabbuslarni boshlash va uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali platformaga aylanishi kerakligini ta’kidladi.
Bugun Samarqandda “Eco Expo Central Asia 2026” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq mamlakat vakillari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpuslar, investorlar va barqaror rivojlanish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.