Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ayrim tadbirkorlar uchun elektr va gaz bo‘yicha oldindan to‘lov 15 foizga tushirildi

Ayrim tadbirkorlar uchun elektr va gaz bo‘yicha oldindan to‘lov 15 foizga tushirildi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tartibli foydalanayotgan tadbirkorlar uchun to‘lov tizimi yengillashtirildi.

Prezidentning PF-202-son farmoniga asosan, endi muayyan talablarga javob beradigan korxonalarga "namunali iste’molchi" maqomi beriladi.

Ushbu maqomga ega tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun avvalgidek 100 foiz oldindan to‘lov qilmaydi. Ular hisobot oyi uchun belgilangan qiymatning faqat 15 foizini avans tariqasida to‘laydi.

Buning uchun korxona elektr energiyasi bo‘yicha EHNAT (ASKUE), tabiiy gaz bo‘yicha esa TGHAT (ASKUG) tizimiga ulangan bo‘lishi, masofadan boshqariladigan hisoblash uskunasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, muddati o‘tgan qarzdorlik va qoidabuzarliklar bo‘lmasligi shart.

Qolgan mablag‘ni esa tadbirkor oy davomida o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, qismlarga bo‘lib to‘lashi mumkin.

Yangi tartib biznes sub’ektlarining aylanma mablag‘lariga tushadigan yukni kamaytirishga qaratilgan. Ya’ni korxonalar katta mablag‘ni birdaniga kommunal to‘lovlarga yo‘naltirmasdan, uni ishlab chiqarish va boshqa zarur xarajatlarga sarflash imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur yangilik prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida bildirilgan takliflar asosida joriy etildi.

Kiritildi: Bugun 11:44. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!