Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Ayrim futbolchilar 2029 yilgacha daromad solig‘idan ozod qilinadi​​​​​​​

Ayrim futbolchilar 2029 yilgacha daromad solig‘idan ozod qilinadi​​​​​​​

Prezidentning “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

sport sohasini moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlari va muqobil moliyalashtirish manbalarini joriy etish;

  • sport sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar yo‘naltirilishini markazlashtirish, byudjet mablag‘lari hajmini kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish.

Qarorga ko‘ra, Sport vazirligi huzurida Sport sohasida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.

2026 yil 1 apreldan:

  • sport federasiya (uyushma)si faoliyati bilan bog‘liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘i kiritgan tadbirkorni sport federasiya (uyushma)larining ijro organlariga kiritish yo‘lga qo‘yiladi;
  • professional futbol klublari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘i kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti joriy etiladi.

2026 yil 1 apreldan 2029 yil 1 aprelga qadar bo‘lgan davrda Superliga va Proligada ishtirok etuvchi futbol klublari futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!