Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ayollar o‘rtasidagi FIFA Chempionlar kubogi g‘olibi rekord miqdordagi mukofot pullarini qo‘lga kiritadi

Ayollar o‘rtasidagi FIFA Chempionlar kubogi g‘olibi rekord miqdordagi mukofot pullarini qo‘lga kiritadi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) ayollar o‘rtasidagi Chempionlar kubogi g‘olibiga aylanadigan klub futboli tarixidagi eng katta mukofot pulini olishini ma’lum qildi.

Musobaqalar Londonda o‘tkaziladi. Ilk yarim finalda AQShning «Gotem» klubi Braziliyaning «Korintians» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim finalda esa Angliyaning «Arsenal» jamoasi Marokashning FAR klubi bilan bahs olib boradi.

Ikkala yarim final uchrashuvi 28 yanvar kuniga belgilangan. Final va uchinchi o‘rin uchun o‘yinlar esa 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

G‘olib jamoa rekord darajadagi — 2,3 million dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. Finalchi 1 million dollar oladi. Yarim final ishtirokchilari kamida 200 ming dollar ishlab olishni kafolatlaydi. Ilgariroq musobaqani tark etgan Yangi Zelandiyaning «Oklend Yunayted» hamda Xitoyning «Uxan Chegu Szyanda» klublari esa 100 ming dollardan mukofot puliga sazovor bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!