Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Ayollar kurashida yangi sahifa ochgan o‘zbek qizi

Ayollar kurashida yangi sahifa ochgan o‘zbek qizi

Gresiya mamlakati mezbonligida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatining ayollar kurashi yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi.

Jumladan, musobaqaning so‘nggi kunida -40 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Shohista Shonazarova oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda yaponiyalik An Nakanishini 11:0 hisobida yengdi. Natijada ayollar kurashi bo‘yicha mamlakatimizda mazkur yosh toifasida jahon chempioni bo‘lgan ilk qizga aylandi.

Shu tariqa, ayollar kurashi bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 2 avgust kuni chempionatning erkin kurash bellashuvlarida vazni -55 kg. bo‘lgan polvonimiz Abdumalik Jaloliddinov yaponiyalik Jinnosuke Okonogi bilan final bosqichida raqobatlashadi.

Kiritildi: 16:54 02.08.2025. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!