Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Aybdorlar qat’iy jazolanishi shart”

“Aybdorlar qat’iy jazolanishi shart”

Bolalar ombudsmani bog‘cha bolalari zaharlanishi yuzasidan izoh berdi

Toshkent viloyati bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan dastlabki o‘rganishlar natijasida ovqatlantirishda xavfsizlik talablari va standartlar buzilgani, yetarli nazorat yo‘qligi aniqlandi.

Bolalar ombudsmani aybdor shaxslarga qonun doirasida qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilishi zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, MTT autsorserlari faoliyatining shaffofligi va shartnomalar tuzishda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish, bolalar ovqatlanishini doimiy monitoring qilish va sifat nazoratini kuchaytirish muhim ekanligi qayd etildi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida 694 nafar bola shifoxonada davolanmoqda, ulardan 13 nafari o‘rtacha og‘ir ahvolda. Umumiy zaharlanish holatlari jami yetti hududda qayd etilgan, ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va mas’ul shaxslarni aniqlash hamda jazolash ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 02:57. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!