Peru markazidagi Junin provinsiyasida avtobusning qoyadan qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda RPP radiostansiyasi ma’lum qildi.
"Molina avtobusi bilan sodir bo‘lgan ushbu YTH natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, biz polisiya bilan birgalikda ularning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqdamiz. 27 bemor kasalxonaga yotqizildi", - deya radiostansiya Tarma shahri tibbiy xizmati rahbari Aldo Tineo so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Hodisa sabablari hali aniqlanmagan. 66 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus Limadan La Mersed shahriga ketayotgan edi.