Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Avstriyada maktablarda 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga hijob taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Avstriyada maktablarda 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga hijob taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Avstriya hukmron koalisiyasi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar maktablarda hijob kiyishini taqiqlovchi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Reuters va European Pravda xabar qilishicha, bu chora 12 mingga yaqin bolaga ta’sir qiladi.

Liberal Neos partiyasi rahbari Yannik Shetti bu chorani “qizlar erkinligini himoya qilish” deb atagan. O‘ta o‘ngchi Ozodlik partiyasi (FPÖ) esa uni “birinchi qadam” deb hisoblaydi va keyinchalik kengaytirishni taklif qilmoqda.

Avstriya Islom diniy jamiyati bu chorani asosiy huquqlarning buzilishi sifatida rad etdi. 2020 yilda Konstitusiyaviy sud 10 yashgacha bo‘lgan qizlarga qo‘yilgan shunga o‘xshash taqiqni “musulmonlarga qarshi” deb bekor qilgan edi.

Shetti ta’kidlaganidek, hukumat qo‘limizdan kelganini qilgan, ammo qonun Konstitusiyaviy suddan o‘tadimi — hozircha aniq emas.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!