Avstraliyada Talisman Sabre nomi ostida misli ko‘rilmagan harbiy mashg‘ulotlar boshlandi va unda G‘arbiy Yevropa hamda Hind-Tinch okeani mintaqasining ko‘plab davlatlari ishtirok etmoqda. Sidney ko‘rfazidagi ochilish marosimida AQSh va Avstraliya harbiy kuchlari bosh qo‘mondonlari ishtirok etdi.
Shu kunning o‘zida Avstraliya ilk bor Amerikaning PC30 HIMARS tizimlarini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi.
Joriy yilda o‘quv mashg‘ulotlari uch haftada davom etib, 4 avgustda yakunlanadi. Unda 19 ta davlat, jumladan, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan 35 ming harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Malayziya va Vetnam kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchi davlatlar ko‘plab manyovrlarni mashq qiladi. «Jangovar o‘t ochish va dala mashqlaridan boshlab desant tushirish, quruqlikdagi qo‘shinlar va jangovar aviasiya manyovrlarigacha. Talisman Sabre butun dunyo harbiy xizmatchilarini birlashtirib, ularga dengizda, quruqlikda, havoda, kosmik va kiber arenalarda mashq qilish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi», - deb yozadi Avstraliya mudofaa sanoati vaziri Pet Konroy.
Talisman Sabre bu — ikki tomonlama yirik harbiy o‘quvlar bo‘lib, 2005 yildan beri AQSh va Avstraliya o‘rtasida muntazam o‘tkazib kelinadi.
Odatda ular Avstraliya hududida ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi. 2015 yildan boshlab o‘quvlarga Yaponiya va Yangi Zelandiya ham qo‘shilgan.