Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Sidneydagi Bondi-bich sohilida sodir etilgan, 15 nafar inson halok bo‘lgan hujumdan so‘ng mamlakatda qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi.

Bosh vazirning aytishicha, ushbu tashabbus bugun bo‘lib o‘tadigan Milliy vazirlar kabineti yig‘ilishida — shtatlar bosh vazirlari ishtirokida muhokamaga qo‘yiladi.

Albaneze taklif etilayotgan islohotlar jismoniy shaxslar egalik qilishi mumkin bo‘lgan qurollar soniga cheklov joriy etish, shuningdek, qurol lisenziyalarini muntazam ravishda qayta tekshirib borishni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.

«Odamlarning hayotiy sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ayrim shaxslar radikallashishi ehtimoli bor. Shuning uchun lisenziyalar umrbod berilishi mumkin emas», — dedi bosh vazir.

Kiritildi: 15:22 15.12.2025. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!