Avstraliya hukumati Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola tarqalishiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 million Avstraliya dollari (taxminan 3,2 million dollar) ajratishga qaror qildi.
Bu haqda Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong bayonotida ma’lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federasiyasi orqali o‘tkaziladi.
"Mablag‘lar dori-darmonlar va zarur tibbiy asbob-uskunalarni sotib olishga, sanitariya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashga, kasallikning tarqalishini kuzatishga va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimlarini mustahkamlashga yordam beradi", deb ta’kidladi vazir.
KDRda shu yilning 15 may kuni o‘n yettinchi Ebola epidemiyasi qayd etildi. Ituri viloyati epidemiya markaziga aylandi. Kongo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan Ebola o‘limlari soni 60 taga, tasdiqlangan infeksiya holatlari soni esa 344 taga yetdi. Ituri viloyati bilan chegaradosh Ugandada ham Ebola virusi bilan kasallanish holatlari qayd etilgan.