47 yoshli xitoylik Chjimin Syan 2014–2017 yillarda 128 mingdan ortiq omonatchini aldab, jami 7 milliard dollarga yaqin mablag‘ni o‘marganini sudda tan oldi.
U o‘zining Tianjin Lantian Gerui Electronic Technology kompaniyasi orqali qurbonlarga 300% daromad va’da qilgan.
Yig‘ilgan mablag‘larni esa asosan bitkoinlarga aylantirgan.
Xitoy OAVda Chjimin Syanning ishi mamlakat tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri sifatida baholanmoqda.