Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Asalarining nechta qorni bor?

Asalarining nechta qorni bor?

Nahl (asalari) surasida shunday oyat bor: 

يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ

"Uning qorinlaridan sharob (asal) chiqadi..."

Nega Robbul ’izza qorin so‘zini birlik shaklida emas, ko‘plikda keltirdi (arabchada ko‘plik eng kamida uchtani ifodalaydi).

Ma’lum bo‘lishicha asalarining uchta qorni bor ekan. Guldan olgan shirasi birinchi qoringa kiradi. Bir muddat turgach, klapn ochilib, ikkinchi qoringa tushadi va shu yerda sof asalga aylanadi. Ikkinchi qorin oxirida yana bir klapn bo‘lib, shu yerdan asal zaruratga qarab uchinchi qoringa o‘tadi. Uchinchi qorinda oshqozonchasi bo‘lib uzoqlarga uchganda unga quvvat bo‘lishi uchun shu asaldan ozuqalanadi.

Uyasiga qaytib kelgach, mo‘’jizaning kattasi ruy beradi. Ya’ni asalari ikkinchi qornidagi barcha sof asalni og‘zidan (orqasidan emas) uyaning bo‘sh joylariga quya boshlaydi.

أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْأنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

Quronni tadabbur-tafakkur qilmaydilarmi yoki qalblarga qulflari osilganmi!? 

Arabchadan Abdulatif Ataxanov tarjimasi

Kiritildi: 09:45 28.01.2021. O'qildi: 4582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!