Joriy yilning 16 iyul kuni soat 23:43 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Asaka tumani, Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo rastasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:48 da hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in 17 iyul kuni soat 00:10 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida savdo rastasining 60 kvadrat metr maydondagi shift va tom qismi hamda kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.