Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Asaka tumanida fuqarolarning 18 mln so‘m qarzdorligini o‘chirib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Asaka tumanida fuqarolarning 18 mln so‘m qarzdorligini o‘chirib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Asaka tumani bo‘limi muhandisi T.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro SH.A. va onasi K.A.ning xonadonlaridagi jami 18 mln so‘m qarzdorliklarini elektron bazasidan o‘chirib, yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatib berishi evaziga SH.A.dan 11 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:47 19.06.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!