Isroil Bashar Asad rejimining qulashini olqishladi va dam olish kunlari Isroil samolyotlari u yerda 100 dan ortiq obektni bombardimon qildi va Isroil qo‘shinlari Suriyaga yo‘l olgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Dam olish kunlari Isroil qiruvchi samolyotlari Suriyadagi 100 dan ortiq nishonlarga hujum qildi. Hujumlar orasida Suriya poytaxti Damashqdagi manzil ham bor edi.
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar strategik qurol tizimlariga hujum qilingani da’vo qilmoqda.
Shundan so‘ng Isroil qo‘shinlari Isroil va Suriyani ajratib turadigan va BMT tinchlikparvar kuchlari patrullik qiladigan qurolsizlantirilgan bufer zonaga o‘tdi.
Xabarlarga ko‘ra, ular Damashqdan taxminan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan bufer hududdan tashqariga ham o‘tishgan. Bu shuni anglatadiki, ular 1974 yilda ikki davlat o‘rtasida ajralish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan beri Suriyaga har qachongidan ham ko‘proq kirib borgan.
Seshanba kuni ertalab uchta manba Reuters axborot agentligiga Isroil qo‘shinlari Damashqdan atigi 25 kilometr janubi-g‘arbda joylashganini aytdi. Isroil armiyasi matbuot kotibi buni rad etdi.