O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli surxondaryolik fuqaro "Korisa" turar joy majmuasi qurilishida 5-qavatdan tushib ketgan.
Holat yuzasidan Rossiya JKning qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayoni ketmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.