Maishiy texnik ishlab chiqaruvchi "Artel Electronics" kompaniyasi Angliyaning dunyoga mashhur «Manchester Siti» klubi hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Manchester Siti» bugun Markaziy Osiyodagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya — "Artel Electronics" bilan yangi mintaqaviy hamkorlikni e’lon qiladi.
Bu hamkorlik klub tarixidagi mazkur mintaqadagi ilk sheriklik bo‘lib, O‘zbekiston futboli uchun muhim pallaga to‘g‘ri kelmoqda", — deyiladi xabarda.