Ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendi "Real Sosyedad"dan Londonning "Arsenal" klubiga o‘tdi.
Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati xabar berdi. 26 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, Subimendini sotib olish "Arsenal"ga 65 million yevroga tushgan.
Ispan klubidagi butun davr mobaynida u barcha turnirlarda 236 ta o‘yinda qatnashib, o‘nta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.