Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Arsen Venger FIFA prezidenti saylovi bo‘yicha yaqin kunlarda qaror qabul qiladi

Arsen Venger FIFA prezidenti saylovi bo‘yicha yaqin kunlarda qaror qabul qiladi

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidentligi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Fransiyalik mutaxassis Janni Infantinoning navbatdagi saylovdagi raqibiga aylanishi ehtimoli bor.

L’Equipe nashrining yozishicha, 77 yoshli Venger ikki oydan ortiq vaqtdan buyon o‘z nomzodini ilgari surish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Sobiq murabbiy bir tomondan Infantinoning yana to‘rt yil davomida FIFAni boshqarishiga to‘sqinlik qilishni o‘z burchi deb hisoblamoqda. Biroq u amaldagi tizim sharoitida g‘alaba qozonish imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda.

Shuningdek, Venger FIFA prezidentining vazifalari faqat futbol bilan cheklanmasligi va mazkur lavozim katta siyosiy hamda boshqaruv mas’uliyatini talab qilishini tushunib turibdi.

Shunga qaramay, fransiyalik mutaxassis saylovda qatnashish fikridan butunlay voz kechmagan. Manbaga ko‘ra, u bir nechta uchrashuv o‘tkazib, hafta o‘rtalariga qadar yakuniy qarorini ma’lum qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger ayni paytda FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida ishlamoqda.

Kiritildi: 05:56 10.11.2026. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik