Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Arqadag‘ Koreya prezidenti Yun Sok Yol va uning turmush o‘rtog‘iga alabay zotli kuchuklar sovg‘a qildi

Arqadag‘ Koreya prezidenti Yun Sok Yol va uning turmush o‘rtog‘iga alabay zotli kuchuklar sovg‘a qildi

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhammedovning turmush o‘rtog‘i Ogulgerek Berdimuhamedova ilk bor ko‘rinish berdi.

Serdar Berdimuhammedov ayni paytda Turkmanistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va ning rafiqasiga alabay itlarini sovg‘a qilishgan. Shundan so‘ng prezidentlar va ularning rafiqalari birgalikda suratga tushishgan.

Ogulgerek Berdimuhamedova shu paytgacha biron marta, saylovlarda, tadbirlarda va prezidentning xalqaro tashriflarida ham ko‘rinish bermay kelgan.

Uning qaynonasi, ya’ni Turkmanistonning avvalgi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning rafiqasi katta Ogulgerek Berdimuhamedova ham xuddi shunday kam ko‘rinish bergan. Uzoq yillar davomida omma uchun o‘z suratini e’lon qilishdan qochib kelgan birinchi xonimning surati ilk bor 2021 yilda e’lon qilingan edi.

Kiritildi: 20:40 12.06.2024. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!