Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Arnasoyda aliment undirish ishi oilaning qayta tiklanishi bilan yakunlandi

Arnasoyda aliment undirish ishi oilaning qayta tiklanishi bilan yakunlandi

Afsuski, ba’zan baxtli hayot kechirib, farzandlar ko‘rgan oilalar ham arzimagan sabablarga ko‘ra ajralishib ketishadi. Buning oqibatida farzandlar ta’minoti masalasi sudgacha yetib boradi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning buyrug‘iga asosan, B.U. hisobidan S.U. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Arnasoy tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila yarashib, qayta tiklandi. Shu tariqa ijro ishi amalda tamomlandi va norasida bola ota-ona mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 18:51 10.04.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!