Vladimir Zelenskiyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar pozisiyasi ustunliklardan xoli. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga izoh berar ekan, buni har doim aytganini ta’kidladi.
"Men har doim uning ustunliklari yo‘q ekanligini aytardim... To‘g‘risini aytganda, unda ular yo‘q," - deya Trampning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.