Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Armanistonning Gyumri shahri meri qo‘lga olindi

Armanistonning Gyumri shahri meri qo‘lga olindi

Vardan Gukasyan Rossiya va Belarus bilan ittifoq davlat tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Vardan Gukasyanning hibsga olinishiga javoban bir guruh odamlar kuch tuzilmalarining harakatiga to‘sqinlik qilish maqsadida merlik binosiga kirish yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.

Voqea joyiga o‘nlab polisiya xodimlari yetib kelgan. Hibsga olish sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Armaniston hukumati Gukasyanni Rossiya va Belarus bilan ittifoq davlat tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilgan edi. Bosh vazir Nikol Pashinyan esa "mer siyosiy maydondan chetlatilishi kerak”ligini aytgan edi.

Kiritildi: 13:42 20.10.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!