Armanistonning Gyumri shahrida qurilishi tugallanmagan bino yonidan yigitning jasadi topildi.
Bu haqda arman ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
"Kecha, 24 iyul kuni polisiya va patrul xizmati xodimlari Gyumri shahrining Mush-2 kvartalidagi "Bulvarain 1" xiyobonidagi qurilishi tugallanmagan bino yonidan qo‘lida pichoq jarohatlari bilan erkakning jasadi topildi", — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum – 24 yoshli Rossiya fuqarosi K.Antonenko Rossiyaning 102-harbiy bazasida xizmat qilgan.