O‘tgan tunda o‘z uyining oldida Volodya Grigoryan va uning do‘sti kriminal polisiya xodimi Karen Abramyan niqobli kishilar tomonidan otib ketildi, deb xabar qilmoqda @SputnikARM.
Grigoryan muxolif partiya "Aprelu Yerkir" vakili edi.
So‘nggi vaqtda Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan tomonidan jamiyatda har qanday obro‘ga ega bo‘lgan kuchlarga qarshi keskin cheklov choralari ko‘rilmoqda. Xususan mamlakat bosh ruhoniysi hamda Armaniston elektr tarmoqlari mulkdori, obro‘li biznesmen Samvel Karapetyan hibsga olingan.