Viktoriya Vilyarruel 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali doirasida bo‘lib o‘tadigan Angliya – Argentina uchrashuvi oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida inglizlarni “qaroqchilarning avlodlari” dedi.
"Biz qaroqchilarning avlodlariga qarshi maydonga tushamiz. Bu shunchaki navbatdagi o‘yin emas. Men siyosiy jihatdan to‘g‘ri gapirishga yoki o‘zimni tiyib turishga urinmayman: inglizlarga qarshi bahs har doim futboldan ham kattaroq ma’no kasb etadi. Bu Malvina orollari, bu Diyego Maradona, bu Leo Messining so‘nggi jahon chempionati va bu bosqinchilarni to‘xtatish imkoniyati. Olg‘a, Argentina! Biz so‘nggi nafasimizgacha o‘z haqqimizni talab qilamiz", deb yozdi Vilyarruel.
Ma’lumot uchun, 1982 yilda Buyuk Britaniya va Argentina Folklend (Malvin) arxipelag uchun urush olib borgan. Qurolli mojaro oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy halok bo‘lgan.
Ushbu futbol o‘yini arafasida AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI), FIFA hamda mahalliy polisiya vakillari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazib, tarixiy raqobat va muxlislar o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuvlar xavfi sababli o‘yinni “eng yuqori xavf” toifasiga kiritgan.