Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Angliyaga qarshi o‘yin uchun maxsus reja tayyorlamoqda

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Angliyaga qarshi o‘yin uchun maxsus reja tayyorlamoqda

Argentina terma jamoasida Jahon chempionati yarim finali doirasidagi Angliyaga qarshi uchrashuv oldidan taktik o‘zgarishlar rejalashtirildi.

«Albiseleste» ustozi Lionel Skaloni asosiy tarkibda bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi, deb xabar beradi Diario Ole. Shuningdek, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot davomida argentinaliklar ikki xil taktik sxemani sinab ko‘rishgani qayd etilgan.

Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chorshanba kuni, 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da bo‘lib o‘tadi. Bir kun avval Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi bahsda mundialning birinchi finalchisi aniqlanadi.

Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lda Lionel Skaloni shogirdlari Kabo-Verde, Misr (ikkalasida ham 3:2) va Shveysariya (3:1) terma jamoalarini mashaqqatli kurashlardan so‘ng mag‘lub etishgan.

Kiritildi: 16:25 14.07.2026. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!