Reuters ma’lumotiga ko‘ra, dasturda ishtirok etishning ikki varianti bor.
Birinchi variant — davlat xazinasiga 350 ming dollar miqdorida qaytarilmaydigan mablag‘ kiritish.
Ikkinchi variant — 800 ming dollarlik maxsus davlat obligasiyasini sotib olish. U investorga daromad keltirishi mumkin.
Dasturdan investorning turmush o‘rtog‘i va farzandlari ham foydalanishi mumkin. Turmush o‘rtog‘i yoki 25 yoshgacha bo‘lgan farzand uchun qo‘shimcha 100 ming dollar, voyaga yetmagan farzandlar uchun esa 25 ming dollar to‘lov belgilangan.
Shunday qilib, ikki nafar 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor to‘rt kishilik oila 500 ming dollar investisiya orqali Argentina fuqaroligiga da’vo qilishi mumkin.
Argentina hukumati dastur orqali xorijiy kapitalni jalb qilish va mamlakat moliyaviy holatini mustahkamlashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, rasmiylar pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi xalqaro standartlarga rioya etilishini bildirgan.