Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Homanaiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShga murojaat qildi.
U AQShga urushga aralashmaslikni maslahat berdi.
«AQShning bu masalaga aralashishi 100 foiz o‘z zarariga ishlaydi. Uning ko‘radigan zarari Eron duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ofatdan ancha katta bo‘ladi», deb yozgan u X (sobiq Twitter) tarmog‘ida.