Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-ligasining 23-turida Nukusning «Aral» jamoasi «Jayxun» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Asadbek Mustafaqulov to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 83-daqiqada esa Mark Krasnov ikkinchi golni kiritib, nukusliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Mazkur natijadan so‘ng «Aral» hisobidagi ochkolar soni 58 taga yetdi. Shu tariqa, jamoa Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritib, kelasi mavsum Superligada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
E’tiborlisi, Nukus klubi so‘nggi bor 2001-yilda O‘zbekiston oliy divizionida qatnashgan edi. Oradan 25 yil o‘tib, «Aral» mamlakat futbolining eng yuqori ligasiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.