Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) kelishmovchiliklarni hal qilishda jiddiyroq rol o‘ynashi kerak.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi ma’lum qildi.
U tashkilot islom dunyosidagi muammolarga jiddiyroq yondashishiga umid bildirdi.
"Biz tashkilot islom mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda yanada konstruktiv rol o‘ynashini kutamiz."
Eron tashqi ishlar vaziri Iroqning tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi muhim natijalar berishi mumkinligini ta’kidladi.