Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Aragchi: BRIKS adolatli dunyo tartibini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi

Aragchi: BRIKS adolatli dunyo tartibini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchining ta’kidlashicha, BRIKS ko‘p tomonlama hamkorlik va adolat tamoyillariga tayangan holda adolatli dunyo tartibini himoya qilishda asosiy rol o‘ynashi lozim. U bu haqda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitidagi nutqida ma’lum qildi.

“Ko‘p tomonlama, adolat va hamkorlikni mustahkamlash, BMT Nizomiga asoslangan xalqaro huquqiy tartibni qo‘llab-quvvatlash — BRIKSning asosiy vazifalaridandir. Bugungi kunda BMT Nizomining asosiy tamoyillari keng ko‘lamda buzilayotgan va inkor etilayotgan sharoitda, BRIKS ana shunday tahdidlarga qarshi tura oladigan mas’uliyatli va o‘ziga xos mavqega ega,” — dedi Aragchi.

Uning ta’kidlashicha, tinchlik va xavfsizlik nafaqat inklyuziv va barqaror taraqqiyotning poydevori, balki insonparvar va adolatli dunyo tartibini barpo etish uchun ham zarur shart hisoblanadi.

Aragchining nutqi Eronning xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirish va BRIKS doirasidagi ishtiroki orqali yangi global kuch muvozanatiga intilayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 09:03 07.07.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!