AQShdagi mudofaa va texnologiya kompaniyalari Kongressda nazorat Demokratik partiya qo‘liga o‘tishi mumkinligi sababli demokratlar bilan aloqalar o‘rnatishga harakat qilmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyalar siyosiy xayriyalarni kimga yo‘naltirish va direktorlar kengashiga kimlarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Demokrat qonun chiqaruvchilar esa mudofaa kompaniyalari faoliyatini tekshirishga tayyorlanmoqda. Ehtimoliy tekshiruvlar Donald Tramp oilasi va Ilon Mask bilan bog‘liq kompaniyalarni ham qamrab olishi mumkin.