Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Qo‘shma Shtatlarning Missuri shtati polisiyasi xususiy samolyotda bo‘lgan 12 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Yo‘lovchilar 11 nafar parashyutchidan iborat bo‘lgan.
Samolyot parvoz qilgandan so‘ng nosozlik yuzaga kelgan.

Missuri yo‘l polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pacific Aerospace P750 yengil motorli samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay Kanzas-Sitidan janubda joylashgan Batler aeroporti yaqinida qulab tushgan. Samolyot parashyut sporti va aero-akrobatika tashkil qiluvchi kompaniya tomonidan ijaraga olingani aytilmoqda.

AQSh Federal aviasiya xizmatining aniqlik kiritishicha, bunday turdagi parvozlar uchun aviadispetcherlar bilan aloqa o‘rnatish talab etilmaydi. Shuningdek, halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Qutqaruv xizmatlari samolyotdan sakrab qolishga ulgurgan parashyutchilarni topish umidida halokat joyi atrofini ko‘zdan kechirdi, biroq omon qolganlarni topa olmadi, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!