AQShning Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron pozisiyalariga qayta zarba berishi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Rizo Zafargandi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha kechqurun Eronning turli viloyatlarida amalga oshirilgan hujumlar natijasida 18 kishi halok bo‘lgan va 108 kishi jarohatlangan.
1 sentyabr kuni AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron nishonlariga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi. O‘z navbatida, IIQK Eron Yaqin Sharqdagi AQSh bazalariga qarshi javob zarbalarini berganini xabar qildi.