AQShning Eronga qarshi amaliyoti davomida 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi, 200 nafari yaralandi
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 200 nafar yarador harbiy xizmatchidan 10 nafari og‘ir yaralangan, 170 nafari allaqachon xizmatga qaytgan.
"Jarohatlanish holatlari Qo‘shma Shtatlarning Kuvayt, Saudiya Arabistoni, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Iroq va Isroildagi bazalaridagi harbiy xizmatchilar orasida qayd etilgan", deyiladi CENTCOM bayonotida.