AQShning Eron bilan urushi 2027 yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar Urush vazirligi rahbari Pit hegsetning Yaqin Sharqda amerikalik qo‘shinlarni joylashtirish rejalari shundan dalolat bermoqda, deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Pentagon mintaqada qo‘shinlarni joylashtirish muddatlari uzaytirmoqda. Jangovar kemalar ekipajlari, havo hujumidan mudofaa (HHM) bo‘linmalari va desantchilarga mintaqada kutilganidan uzoqroq qolish buyurilgan. Xususan, HHM bo‘linmalarini joylashtirishning standart muddati to‘qqiz oydan o‘n ikki oygacha uzaytirildi. Yevropa va Tinch okeanidan Yaqin Sharqqa ko‘chirilgan ayrim bo‘linmalar jangovar harakatlar hududida bir yildan ortiq vaqtdan beri bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Yaqin Sharqda hozirda Qo‘shma Shtatlarning 19 ta harbiy kemasi navbatchilik qilmoqda, HHM bo‘linmalari, qiruvchi samolyotlar eskadrilyalari va desantchilari joylashtirilgan.