Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning eng yirik teletarmoqlari prezident tadbirlarini yoritishdan bosh tortdi

AQShning eng yirik teletarmoqlari prezident tadbirlarini yoritishdan bosh tortdi

Tramp CNN, MS NOW va Politico jurnalistlarini Oq uyga kiritishni ta’qiqlagach, AQShning eng yirik teletarmoqlari birdamlik sifatida prezident tadbirlarini yoritishdan bosh tortdi.

CNN bilan birgalikda Oq uyning televizion puliga kiruvchi Qo‘shma Shtatlarning to‘rtta eng yirik teletarmog‘i Oq uyda faoliyat yuritishi ruxsat etilmagan telekanalning suratga olish guruhini o‘rnini almashtirishdan bosh tortdi.

"Jamoatchilik o‘z hukumati haqida aniq va mustaqil ma’lumot olishdan o‘ta manfaatdor. Hech qaysi ma’muriyat yangiliklar tashkiloti faoliyatini faqatgina uning reportajlari yoqmagani uchungina cheklamasligi kerak. Bizning qarorimiz shuni anglatadiki, umumiy televizion pul Tramp ishtirokidagi chetlatilgan jurnalistlar ishlashi ko‘zda tutilgan tadbirlarni yoritmaydi", deyiladi ABC, CBS, NBC, Fox News va CNN'ning qo‘shma bayonotida.

Muntazam rotasiya doirasida CNN dushanba, 21 sentyabr kuni asosiy pul telekanali sifatida navbatchilik qilishi, ya’ni prezident ishtirokidagi tadbirlarga o‘z operatori, ovoz rejissyori, prodyuseri va muxbirini taqdim etishi kerak edi. AQShning beshta eng yirik kanali bu rolda bir-birini navbatma-navbat almashtiradi. Biroq Oq uyning dushanba kungi matbuot tadbirlari jadvalida hech bir telekanal asosiy sifatida ko‘rsatilmadi va tegishli vazifalarni bajarmadi.

Kiritildi: 22:10 21.09.2026. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!