Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQShning bir nechta shtatlarida prokurorlar OpenAI kompaniyasiga qarshi tergov boshladi

AQShning bir nechta shtatlarida prokurorlar OpenAI kompaniyasiga qarshi tergov boshladi

AQShning bir nechta shtatlaridan bosh prokurorlar koalisiyasi ChatGPT chatbotini ishlab chiquvchi OpenAI kompaniyasiga qarshi tergov boshladi.

Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, 12 iyun kuni kompaniya ichki siyosati, reklama faoliyati, foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlash, chuqur o‘rganish modellari va voyaga yetmaganlar va qariyalar bilan ishlashga oid hujjatlarni so‘rab chaqiruv qog‘ozi olgan.

OpenAI vakili gazetaga kompaniya shtat bosh prokurorlari tomonidan ko‘tarilgan xavotirlarni jiddiy qabul qilishini va rasmiylar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.

Tergovning boshqa tafsilotlari hali e’lon qilinmadi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!