Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ChatGPT'ga sun’iy intellekt tizimi foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarga, ayniqsa bolalar va yoshi katta internet foydalanuvchilariga taalluqli ramiy so‘rov yuborilgan.
Xabar qilinishicha, ushbu so‘rov Nyu-York shtati bosh prokurori Letisiya Jeyms tomonidan bir nechta shtatlar koalisiyasi nomidan yuborilgan. Nyu-York prokuraturasi hozircha bu masala bo‘yicha izoh bermagan.
OpenAI esa shtat prokurorlari bildirgan xavotirlarni jiddiy qabul qilayotganini va ular bilan konstruktiv muloqot olib borishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Florida shtatida OpenAI bilan bog‘liq boshqa tergov ham olib borilmoqda. Bu ish ChatGPT’ning ommaviy otishma bilan bog‘liq holatdagi roli yuzasidan ochilgan.