Amerikaning Los-Anjeles toifasidagi USS Newport News yadroviy suv osti kemasi ilk bor Islandiya portiga kirdi.
Business Insider portali xabar berishicha, bunga Vashington va NATOning Rossiyaning Arktikadagi harbiy faolligi oshib borayotganidan xavotirlari sabab bo‘lishi mumkin.
AQShning Yevropa va Afrikadagi harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Styuart Munkning nashrga aytishicha, suv osti kemasining Islandiya portiga kirishi "muhim ahamiyatga ega, chunki u dushmanlarga AQShning mintaqadagi mavjudligi haqida strategik signal beradi", shuningdek, AQSh ittifoqchilariga ishonch beradi. Portalning qayd etishicha, Vashington Islandiyani Arktika strategiyasining markaziy elementi deb biladi.
"AQSh o‘nlab yillar davomida u yerda sovet, keyin esa Rossiya suv osti kemalari faoliyatini kuzatish uchun bazaga ega", — deya qo‘shimcha qildi Manch.
Nashrning ta’kidlashicha, 2023 yilda Amerika atom suvosti kemasi allaqachon Islandiya hududiy suvlariga kirib borgan, biroq bu safar USS Newport News iskalaga bog‘lab, ekipaji qirg‘oqqa chiqib ketgan.