Kaliforniyaning San-Diyego shahridagi Islom markazida sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda ABC News mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilar o‘smirlar bo‘lib, o‘zlariga o‘q uzish jarohatlaridan halok bo‘lishgan.
Jabrlanganlardan biri markaz qo‘riqchisi bo‘lgan. Mahalliy polisiyaning ta’kidlashicha, u otishmadan kelib chiqadigan jiddiyroq oqibatlarning oldini olishda "muhim rol" o‘ynagan.
Hodisa holatlari tekshirilmoqda.