«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov borasida iliq fikrlar bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoaning navbatdagi muvaffaqiyati va futbolchilarning holati haqida gapirarkan, Husanovning o‘yiniga alohida to‘xtalib o‘tgan.
— Ha, biz Angliya Kubogini qo‘lga kiritdik, kecha va bugun ushbu g‘alabani munosib nishonlamoqdamiz, — dedi Pep Gvardiola.
— Futbolchilar ushbu haftada uylariga borib, oila a’zolari bilan hordiq chiqarishlari mumkin. Shu o‘rinda aytishim joizki, men Abduqodir Husanovning o‘yinini yaxshi ko‘raman. U tobora kuchayib, o‘z ustida tinimsiz ishlamoqda.
Kecha uning maydonda nimalar qilganini, qanday kuch namoyish etganini barcha ko‘rdi. Biz uchun har doim sovrinlar eng muhim maqsad bo‘lib qoladi va yanada ko‘proq cho‘qqilarni zabt etish uchun oldinga intilishda davom etamiz.