Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda texnik nosozliklar tufayli bekor qilingan aviaqatnovlar soni 17 mingdan oshdi

AQShda texnik nosozliklar tufayli bekor qilingan aviaqatnovlar soni 17 mingdan oshdi

AQShda texnik nosozliklar oqibatida bekor qilingan aviaqatnovlar soni 17 mingtadan oshdi. Bloomberg agentligi Flighty va Cirium ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, bu so‘nggi 35 yil ichida mamlakat aviasiya tizimida yuz bergan eng yirik texnik uzilishlardan biri hisoblanadi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab aviaqatnovlarning to‘liq to‘xtatilishi AQSh tarixida uchinchi marta kuzatilmoqda.

Eng katta yo‘qotish American Airlines aviakompaniyasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Juma kunidan buyon kompaniyaning 5,3 mingdan ortiq reysi bekor qilingan.

Bungacha bunday ko‘rsatkich bo‘yicha rekord 2022 yilgi qishki ta’til davrida qayd etilgan edi. O‘shanda Southwest Airlines aviakompaniyasi texnik muammolar sababli 16,9 mingdan ortiq aviaqatnovni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 19:42 16.11.2026. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik