O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegasiyasi AQShga safari doirasida Vashington shahrida Tadqiqotlar va tajriba almashish bo‘yicha Xalqaro kengash prezidenti Aleksandr Dardeli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda media sohasida hamkorlik o‘rnatish, jurnalistlar uchun xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
IREX (International Research & Exchanges Board) — AQShda tashkil etilgan, xalqaro ta’lim, jurnalistika, axborot almashinuvi va institusional rivojlanish sohalarida faoliyat yurituvchi yirik notijorat tashkilotdir.
Mazkur tashkilot hozirgacha 100 dan ortiq mamlakatda hamkorlik loyihalarini amalga oshirgan. IREXning asosiy maqsadi ta’lim, axborotdan foydalanish imkoniyatlari, yetakchilik va jamiyat institutlarini rivojlantirish hisoblanadi.
Tashkilot jurnalistlar malakasini oshirish, media tashkilotlarni rivojlantirish, media savodxonlik — soxta axborot va dezinformasiyaga qarshi kurashishga qaratilgan muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.